Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva: "Toshkentni yanada qulay maskanga aylantirish niyatidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz"

Saida Mirziyoyeva: "Toshkentni yanada qulay maskanga aylantirish niyatidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz"

Toshkent shiddat bilan kengayib bormoqda, shaharsozlik va ekologiya bilan bog‘liq bugungi vaziyatni inobatga olsak, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilmoqda.

Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva shu maqsadda qator yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Birgalikda yechim topishimiz kerak bo‘lgan masalalar talaygina — muhandislik kommunikasiyalari va ijtimoiy ob’ektlar zimmasiga katta yuk tushayotganidan tortib, elektr hamda suv ta’minoti muammolarigacha. Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zo‘riqtirmasligi kerak.

Oldimizda turgan maqsadlar ulkan, biz Toshkentni har bir yurtdoshimiz hamda shahrimiz mehmonlari uchun yanada qulay, ko‘rkam, ozoda va xavfsiz maskanga aylantirish niyatida bo‘lgan biznes vakillariga ko‘maklashamiz. Aynan shunday yondashuv Yangi O‘zbekiston siyosatiga to‘la mos keladi.

Chunki bunday tashabbuskor biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash — Prezidentimiz tomonidan zimmamizga yuklatilgan eng asosiy vazifalardan biridir",

deb yozadi u telegramdagi rasmiy sahifasida.

Kiritildi: Bugun 10:25. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!