Fransiyalik o‘ta o‘ng deputat Jyulyen Odul yosh musulmon ayolning suratidagi hijobni sun’iy intellekt yordamida raqamli tarzda olib tashlaganidan so‘ng keskin tanqidlarga uchradi.
Chap qanot deputati Ali Diuara tomonidan e’lon qilingan asl suratda ayol hijob va uzun pushti ko‘ylakda tasvirlangan edi. Odul esa ushbu suratning sun’iy intellekt orqali o‘zgartirilgan versiyasini qayta e’lon qildi. Unda ayol sochlari ochiq holda, oq mayka va shimda tasvirlangan.
Deputat o‘z postiga «Fransuz erkinligi!» deb izoh qoldirgan.
Ushbu publikasiya Fransiyadagi «Milliy birlashuv» partiyasi hijob kiyishga nisbatan cheklovlarni kuchaytirish tashabbuslarini ilgari surayotgan bir paytda paydo bo‘ldi.
Tanqidchilar Odulini sun’iy intellektdan foydalanib, ayolning tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi o‘z «erkinlik» tushunchasini boshqalarga singdirishga urinishda aybladi.