Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Jizzaxda erning qarindoshlari kelinni vahshiylarcha qiynagan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzaxda erning qarindoshlari kelinni vahshiylarcha qiynagan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax viloyatida kelin oilaviy zo‘ravonlikka duchor bo‘lgani” haqida xabarlar keng tarqalmoqda.

Jizzax viloyati IIBning ma’lum qilishicha, 2026 yil 6 sentyabr kuni Sharof Rashidov tumani Qahramon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi F.M. issiq suv sepilishi oqibatida turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialiga yotqizilgan.

Tibbiy muassasa ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaroga tanasining chap qo‘l yelka sohasi, chap oyoq son sohasi, o‘ng oyoq tizza bo‘g‘imi va qorinning qovuq sohasida 6–8 foiz miqdoridagi 2–3A darajali kuyish jarohatlari tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan tezkor-tergov guruhi tuzilib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan hamda aniqlangan ashyoviy dalillar prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, jabrlanuvchi F.M.ning tan jarohatlariga huquqiy baho berish maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan 2026 yil 8 sentyabr kuni Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni vaqtda mazkur jinoyat ishi hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda aks etgan holatlarni har tomonlama va xolisona o‘rganishga qaratilgan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tergov yakuniga ko‘ra, holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.

Kiritildi: 16:00 14.09.2026. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!