Kompaniyaning ta’kidlashicha, vaqtinchalik cheklovlar iste’molchilarga ta’sir qilmaydi. Ta’mirlash davrida Armaniston aholisi va korxonalarini gaz bilan ta’minlash ichki zaxiralar hamda Erondan keladigan gaz hisobidan amalga oshiriladi.
O‘tgan yil sentyabr oyida ham mazkur yo‘nalish orqali Rossiya gazini yetkazib berish rejali ta’mirlash ishlari tufayli vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Gaz ta’minotidagi ushbu tanaffus Armanistonda energiya manbalarini diversifikasiya qilish masalasi muhokama qilinayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘tgan hafta hukumat mamlakatning energetik mustaqilligini oshirishga harakat qilayotganini bildirgan. U, shuningdek, Armaniston uchun gaz narxi yuqori ekaniga e’tibor qaratgan.