Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlariga tabrik yo‘lladi



Prezident Administrasiyasi rahbarining ta’kidlashicha, sud tizimi xodimlari har kuni insonlar dardi, fojiaviy taqdirlar va murakkab hayotiy vaziyatlarga duch keladilar. Sudyalar inson taqdirini hal qiluvchi qarorlar qabul qiladilar va bu bilan yuksak ma’naviy mas’uliyatni o‘z zimmalariga oladilar.

Qayd etilishicha, sud qarorlarining adolatli bo‘lishi odil sudlovga xizmat qilayotganlarning jismoniy, ruhiy va emosional holatiga bevosita bog‘liq. Shu bois sudyalar va sud tizimi xodimlari haqida g‘amxo‘rlik qilish adolatli, mustaqil va samarali odil sudlovning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

“Yangi O‘zbekistonda inson qadri va qonun ustuvorligi oliy qadriyat hisoblangan sud tizimini izchil barpo etmoqdamiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.



Prezident Administrasiyasi rahbari barcha sudyalar va sud tizimi xodimlariga mustahkam sog‘liq, iroda va qat’iyat, adolat prinsiplariga doimo sodiqlik va oqilona qarorlar hamroh bo‘lishini tiladi.

Kiritildi: 18:08 25.07.2026. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!