O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi. Suhbat samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida oliy darajadagi o‘zaro ishonch va yaqin muloqotga asoslangan munosabatlar ancha jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Quvonarlisi, 2025 yil ikki tomonlama hamkorlik uchun muhim va samarali bosqich bo‘ldi.
Parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish istiqbollari haqida suhbatlashildi.
"Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonaman", deb yozadi Saida Mirziyoyeva.