Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva: "Bolalik kutmaydi, muammolarni kechiktirmasdan hal qilish kerak"

Saida Mirziyoyeva: "Bolalik kutmaydi, muammolarni kechiktirmasdan hal qilish kerak"

Saida Mirziyoyeva Qarshidagi 43-maktab va 1-bog‘cha sharoiti bilan tanishdi.

Bog‘cha avariya holatida, maktabda sinfxonalar sovuq, partalar eskirgan. Bolalik esa kutib turmaydi – muammolarni kechiktirmasdan hal qilish kerak.

Eski bog‘cha o‘rnida 360 o‘rinli shinam, yangi bog‘cha quriladi. Maktab binosi ta’mirlanib, zamonaviy laboratoriyalar, til va ijod to‘garaklari hamda alohida ehtiyojli bolalar uchun qulay sharoit yaratiladi.

"Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida o‘qiyotgan yoshlarning ishtiyoqi, kelajakka ishonchi meni behad quvontirdi. Farzandlarimiz bog‘chaga qo‘ygan ilk qadamidan mustaqil hayotga kirib borguniga qadar munosib muhitda ta’lim-tarbiya olishi kerak", deb yozdi S. Mirziyoyeva.

Kiritildi: Bugun 13:27. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!