Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi xalqaro forum doirasida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori o‘rinbosari Bo Matiasen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Samarqand forumini doimiy faoliyat yurituvchi muloqot maydoniga aylantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasiga saylanishi amaliy aloqalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirildi.