Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Surxondaryo viloyatida shaharlararo poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda chipta sotuvchisi D.M. 1 iyun kuni soat 22:15 larda Sariosiyo—Termiz yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi poyezdda Uzun tumanida yashovchi ayolga chipta pulini o‘zi to‘lashini aytib, shilqimlik qilgan.

Jabrlanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, u manzilga yaqinlashganda chipta sotuvchisi uning orqasidan kelib quchoqlagan. Ayol undan o‘zini qo‘yib yuborishni talab qilganiga qaramay, erkak yana uni quchoqlashga uringan. Bundan tashqari erkak ayolga keyingi bekatda tushishni taklif qilib, yo‘l haqini ham o‘zi to‘lashini aytgan.

Sud qarori bilan D.M. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-¹-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun aybli deb topgan. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kiritildi: Bugun 16:11. O'qildi: 426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!