Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston 50 ta kompaniyani yopmoqda

Qirg‘iziston 50 ta kompaniyani yopmoqda

Qirg‘iziston sanksiyalarga tushish xavfi yuqori bo‘lgan operasiyalarga aralashib qolgan 50 ta kompaniyani yopmoqda.

Bu haqda mamlakat prezidentining sanksiya siyosati masalalari bo‘yicha maxsus vakili, Iqtisodiyot va tijorat vaziri Baqit Siddiqov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yildan buyon Qirg‘iziston sanksiya rejimiga rioya qilish va xalqaro cheklovlarni aylanib o‘tishning oldini olish masalalari bo‘yicha AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya bilan faol muloqot olib bormoqda.

Baqit Siddiqov respublika sanksiya siyosatiga nisbatan xolis va muvozanatli yondashuv tarafdori ekanini hamda cheklovchi choralarning oqibatlari uchinchi davlatlar va xalqaro savdoning halol ishtirokchilariga asossiz ravishda tarqalmasligi kerak deb hisoblashini ma’lum qilgan.

Kiritildi: Bugun 21:21. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!