Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Brent markali neft fyucherslari 2,63 dollarga (2,8 foizga) qimmatlashib, bir barreli uchun 94,06 dollarni tashkil etdi. AQShning WTI nefti esa 2,93 dollarga (3,3 foizga) ko‘tarilib, bir barreli 91,12 dollarga yetdi.
"Diplomatik sa’y-harakatlar davom etyapti, biroq so‘nggi harbiy to‘qnashuvlar neft narxiga yana geosiyosiy ta’sir o‘tkazdi", – deydi Phillip Nova'ning katta bozor tahlilchisi Priyanka Sachdeva.
Avvalroq Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi Qo‘shma Shtatlarning maxfiy operasiyasi neft narxining ko‘tarilishini jilovlashga yordam berganini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, bir oy davomida AQSh ko‘magida bo‘g‘oz orqali jahon bozoriga 100 million barreldan ortiq neft olib o‘tilgan.
Trampning ta’kidlashicha, ushbu harakatlar tufayli neft narxi 250 dollarga chiqib ketmasdan, 90 dollar atrofida ushlab turilibdi.