Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda qoidabuzar haydovchi qurol yordamida to‘xtatildi (video)

Toshkentda qoidabuzar haydovchi qurol yordamida to‘xtatildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda oq rangli Cobalt rusumli avtomashina bir nechta transport vositalariga shikast yetkazganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilindi.

Joriy yilning 11 iyun kuni taxminan soat 21:34 larda 1982 yilda tug‘ilgan R.YU. (ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turuvchi) o‘zining boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 10 H 334 CB bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinada Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda, o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yib harakatlangan.

Hududda xizmat olib borayotgan IIO xodimlarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, harakatni davom ettirib, bir nechta transport vositalariga texnik shikast yetkazgan.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro tomonidan boshqa fuqarolarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida IIO xodimlari tomonidan tabel qurolidan foydalanilib, ogohlantirishdan so‘ng avtomashina g‘ildiragiga o‘q uzish orqali to‘xtatilgan va keyingi noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Holat Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan nazoratga olingan.

Kiritildi: Bugun 06:28. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!