Bu haqda RMF24 xabar berdi.
Germaniya Vengriya tomonidan blokdan chiqarilgan Tinchlik jamg‘armasidan 6,6 milliard yevro to‘liq Ukrainaga berilishini istaydi, Polsha esa har bir yevro uchun kurashmoqchi.
Berlin Vengriya tomonidan mablag‘lar bloklanishi bekor qilinganidan keyin Yevropa tinchlik jamg‘armasidan Kiyevga 6,6 milliard yevro yo‘naltirishni taklif qilmoqda.
Varshava Yevropa tinchlik jamg‘armasi doirasida Ukrainaga yetkazib berilgan qurollar uchun taxminan 2 milliard zlotiyni (450 million yevro) to‘liq qoplashni istaydi. Mudofaa vaziri o‘rinbosari Sezar Tomchik shunday pozisiyani bildirdi.
Polsha bu rejani rad etadi: "Bu pullar bizning pullarimizdir," - dedi Sezar Tomchik har bir yevro uchun kurashni e’lon qilar ekan.
"Amaliyotda bu pulning kamayishi armiya uchun kamroq mablag‘ sarflanishini anglatadi," - deya qo‘shimcha qildi u. Polsha Bryusselni "qoidalarni o‘zgartirishga urinishda" ayblamoqda.