Bugun 28 mart, 2025 yil, juma

КИР

Sahovatpesha N'Golo Kante!

Sahovatpesha N'Golo Kante!

Fransiyalik yarim himoyachi N'Golo Kante ota-onasining vatani - Mali Respublikasini juda yaxshi ko‘radi.

Terma jamoalar darajasidagi tanaffusdan foydalanib, Saudiya Arabistonida "Al-Ittihod" safida o‘ynayotgan Kante Afrikaga yo‘l oldi. Mahalliy matbuotning yozishicha, Kante Mali poytaxti - Bamako shahrida zamonaviy shifoxona ochilishini moliyalashtirgan. Bundan tashqari, o‘yinchi ushbu loyihaga besh million AQSh dollari miqdorida juda jiddiy sarmoya kiritdi.

Shu bilan birga, derbyderbyderby.it nashrining yozishicha, futbolchi Malida yashirincha to‘y o‘tkazgan bo‘lishi mumkin - matbuotda paydo bo‘lgan uning go‘zal hamroh bilan tushgan ayrim suratlari shundan dalolat beradi.

Kiritildi: 12:42 22.03.2025. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!