Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rustam Ashurmatov: «Eronga qarshi bu galgi o‘yinimiz avvalgilariga qaraganda osonroq bo‘ladi, deb o‘ylayman»

Rustam Ashurmatov: «Eronga qarshi bu galgi o‘yinimiz avvalgilariga qaraganda osonroq bo‘ladi, deb o‘ylayman»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi uchrashuv oldidan "Ozodiy" stadionida rasmiy mashg‘ulotni o‘tkazdi. Milliy jamoamiz himoyachisi Rustam Ashurmatov bugungi mashg‘ulot oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Qirg‘izistonga qarshi o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Shuning uchun kayfiyatimiz yaxshi. Tehronga yetib kelib, mehmonxonaga joylashdik. Mashg‘ulotlarni davom ettiryapmiz. Ertangi o‘yinga yuz foiz tayyormiz.

Eronga qarshi so‘nggi pytlarda ko‘p o‘yin o‘tkazdik. Raqib hujumchilarini yaxshi bilib olganmiz. Avvalgi o‘yinlarga qaraganda osonroq bo‘ladi, deb o‘ylayman. "Ozodiy"da ko‘p o‘yinlarda ishtirok etdik. Bu stadionda o‘ynash odatiy holga aylanib qoldi", — dedi Ashurmatov.

Kiritildi: 23:21 24.03.2025. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!