Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Rus tiliga o‘rin yo‘q": davlat tili haqidagi yangi qonun qabul qilindi

"Rus tiliga o‘rin yo‘q": davlat tili haqidagi yangi qonun qabul qilindi

Ukraina Oliy Radasi spikeri Andrey Parubiy davlat muassasalarida va tashkilotlarida faqatgina ukrain tilida ish yuritish to‘g‘risidagi Qonunni parlament zalining o‘zida imzoladi.

Oliy Rada davlat muassasalari va tashkilotlarida faqatgina ukrain tilida ish yuritish haqidagi qonun loyihasini 331 nafar deputatdan 278 nafarining ovozi bilan qabul qildi.

Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra davlat amaldorlari, deputatlar, Markaziy bank xodimlari, sudyalar, prokurorlar, shartnoma ostida ishlaydigan askarlar, o‘qituvchilar va sog‘liqni saqlash xodimlari o‘z vazifasini o‘tash chog‘ida ukrain tilidan foydalanadi.

Yuqorida nomi tilga olingan qonun shaxsiy hayot va diniy marosimlarni o‘z ichiga olmaydi.

Ukraina va Rossiya jahon siyosiy maydonida shaxmat o‘ynayapti. Putin avvalroq: Biz nafaqat Lugansk yoki Doneskda istiqomat qilayotgan kishilarga, balki butun Ukraina fuqarolariga soddalashtirilgan tarzda Rossiya fuqaroligini berish haqida o‘ylayapmiz , degan edi. Davlat tili haqidagi yangi qonun Zelenskiydan yurish bo‘ladi.

Kiritildi: 16:53 14.05.2019. O'qildi: 3834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!