Ruminiya parlamenti prezident Nikushor Danning Eronga qarshi operasiyani qo‘llab-quvvatlash uchun AQSh uskunalari va qo‘shinlarini vaqtincha joylashtirish haqidagi iltimosini ma’qulladi.
Bu haqda Agerpres axborot agentligi xabar berdi.
Parlamentning 272 a’zosi qarorni qo‘llab-quvvatladi, 18 kishi qarshi ovoz berdi va besh kishi betaraf qoldi.
Eng yirik muxolifat partiyasi - Ruminiyani birlashtirish alyansi yetakchisi Djordje Simion qaror shoshilinch ravishda qabul qilinganini va mamlakat xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu choraning maqsadlari va niyatlari faqat mudofaa maqsadida ekanligiga kafolat yo‘q va potensial xavflarni qo‘shimcha baholash zarur.