AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi mojaro nihoyasiga yetgach, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar do‘stona tus olishini ma’lum qildi.
AQSh Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasidagi eshituvlar chog‘ida kongressvumen Anna Paulina Luna Rubiodan Rossiya kabi superdavlat bilan munosabatlarni saqlab qolishning muhimligi haqida so‘radi.
«Menimcha, Ukrainadagi urush tugashi bilan munosabatlarimiz do‘stonaroq bo‘ladi va ularni saqlab qolish osonlashadi», — deya javob berdi u.