Shunday ekan, jag‘laringni yopinglar. Bu hali holvasi!, - dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.
The Moscow Times nashrining yozishicha, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Ruminiyada dron qulashi bilan bog‘liq hodisaga munosabat bildirar ekan, dron kimga tegishli ekanligini aniqlab olish zarurligini, biroq har qanday holatda ham Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari "bu mavzuda ovozini o‘chirishi" kerakligini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari Ukrainaga qurol-yarog‘, butlovchi qismlar va razvedka ma’lumotlarini yetkazib berayotgani sababli nizoning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchilari hisoblanadi, deyiladi xabarda.