Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning yana bir neftni qayta ishlash zavodi dron hujumi sababli ish faoliyatini to‘xtatdi

Rossiyaning yana bir neftni qayta ishlash zavodi dron hujumi sababli ish faoliyatini to‘xtatdi

"Rosneft"ga qarashli Sizran neftni qayta ishlash zavodi dron hujumi oqibatida 12 iyuldan boshlab xomashyoni qayta ishlashni butunlay to‘xtatdi.

Reuters agentligi suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, yakshanba kuni dron hujumidan so‘ng, yillik quvvati 8,5 million tonnani tashkil etuvchi zavodning birlamchi qayta ishlash qurilmasi AVT-5 shikastlangan. Ushbu qurilma zavod quvvatining 29 foizini (sutkasiga 7,1 ming tonna) ta’minlab kelayotgan edi. Ikkinchi va quvvatliroq AVT-6 qurilmasi esa zavod quvvatining 71 foizini berardi, u ham may oyi oxirida dron hujumidan so‘ng to‘xtatilgan edi.

Reuters manbalarining xabar berishicha, dushanba kunidan boshlab Sizran neftni qayta ishlash zavodi Sankt-Peterburg tovar-xomashyo birjasida neft mahsulotlarini sotishni to‘xtatgan.

Yiliga qariyb 800 ming tonna benzin va 1,5 million tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchi Sizran neftni qayta ishlash zavodi shu oyda ishlab chiqarishni to‘xtatgan to‘rtinchi Rossiya neftni qayta ishlash zavodi bo‘ldi. 8 iyul kuni BPLA hujumidan so‘ng "Rosneft"ning Saratov neftni qayta ishlash zavodi, 6 iyul kuni esa Rossiyadagi eng yirik (yiliga 22 million tonna neft qayta ishlash quvvatiga ega) Omsk neftni qayta ishlash zavodi to‘xtagan edi. 2 iyul kuni esa benzin ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda ikkinchi o‘rinda turuvchi "Lukoyl"ning "Nijegorodnefteorgsintez" zavodi qayta ishlashni to‘xtatgandi.

Kiritildi: 23:16 13.07.2026. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!