Rossiyalik taniqli boks jurnalisti Andrey Bazdrev ikkinchi eng yengil vaznda yaponiyalik mutlaq Jahon chempioni Naoya Inoue hamda sobiq chempion Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi ehtimoliy jangga munosabat bildirdi.
"Murodjon WBA Interim kamarini qo‘lga kiritib, odatdagidek yana Naoya Inouega qarata "qochishni to‘xtat" dedi, yapon esa "Tapalesdan yutqazgan bokschidan nega qochishim kerak" deb javob berdi.
Nazarimda, Tapalesdan uchralgan mag‘lubiyat Murodjonga naf keltirdi, bunday mag‘lubiyatlar bokschining o‘sishiga yordam beradi. Unga nokaut evaziga mag‘lub bo‘lish yoki nokdaunga tushib qolish yanada foydali bo‘lardi. Chunki Espinosani nokautga uchratgan jangida ham Ahmadaliyev bosh qismiga aniq zarbalarni o‘tkazib yubordi. Nazarimda Murodjon Inouega kerak emas.
Umuman olganda, hozircha hech qanday bu bo‘yicha rasmiy yangilik yo‘q", deb yozdi jurnalist o‘zining Telegramdagi kanalida.