Prezident administrasiyasi buyurtmasi asosida ishlaydigan «Jamoatchilik fikri» (FOM) jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Putin faoliyatini ma’qullaydiganlar ulushi bir hafta ichida 71 foizdan 66 foizga tushgan.
Kreml nazoratidagi sosiologlar bunday keskin pasayishni so‘nggi marta 2022 yil kuzida, Rossiyada «qisman safarbarlik» e’lon qilingan davrda qayd etgan edi.
Davlatga qarashli VSIOM ham Putinning qo‘llab-quvvatlanish darajasi uch haftadan buyon izchil pasayib borayotganini ma’lum qilgan. Ekspertlar buni jamiyatdagi charchoq, iqtisodiy bosim va urush yakunlanishiga oid aniq istiqbolning yo‘qligi bilan izohlamoqda.