Rossiyaning Omsk shahrida Ozon kompaniyasiga qarashli logistika markaziga dron kelib urilishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Hodisadan so‘ng ombordagi barcha xodimlar xavfsiz hududga olib chiqildi.
Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xosenko shahardagi logistika ob’ektlaridan biri uchuvchisiz uchish apparati zarbasiga uchraganini ma’lum qildi.
Keyinchalik Ozon matbuot xizmati hujum aynan kompaniya omborida sodir bo‘lganini tasdiqladi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, xodimlar zudlik bilan evakuasiya qilingan. Dastlabki xabarlarda jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.
Hodisa joyida yong‘inni bartaraf etish va uning oqibatlarini o‘rganish uchun favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda.