Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Rossiyada og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik fuqaro vatanga qaytarildi

Rossiyada og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik fuqaro vatanga qaytarildi

Rossiyaning Rostov-Don shahrida ish vaqtida og‘ir jarohat olgan O‘zbekiston fuqarosi D.U. tibbiy nazorat ostida vatanga olib kelindi.

Baxtsiz hodisadan so‘ng u mahalliy shifoxonalardan biriga yotqizilib, zarur muolajalardan o‘tgan. Keyin esa bemorning holatini inobatga olgan holda, uni O‘zbekistonga tibbiy evakuasiya qilish masalasi hal etildi.

Fuqaroni parvoz davomida kuzatib borish uchun O‘zbekistondan ikki nafar tibbiyot mutaxassisi Rossiyaga yuborildi. Ular yo‘l davomida bemorning ahvolini nazorat qilib borgan.

Barcha tashkiliy va tibbiy choralar ko‘rilgach, D.U. Mineralniye Vodi — Toshkent aviareysi orqali O‘zbekistonga yetkazildi.

Kiritildi: 10:56 03.10.2026. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!