Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiyada 500 gramm oltin va 87 ta olmosdan tayyorlangan noyob tanga chiqarildi

Rossiyada 500 gramm oltin va 87 ta olmosdan tayyorlangan noyob tanga chiqarildi

Rossiyaning Sberbank banki qimmatbaho metallar va toshlar bilan bezatilgan yangi kolleksion tangani taqdim etdi. Uning asosini 500 gramm oltin tashkil etadi, bezagida esa 87 ta olmosdan foydalanilgan.

Mazkur mahsulot Rossiya imperiyasi tarixidagi noyob tangalardan biri — "Elizaveta Petrovna imperiali"ning zamonaviy nusxasi hisoblanadi.

Kolleksion tanga 999 probali yuqori soflikdagi oltindan tayyorlangan. Uning tashqi ko‘rinishida tarixiy tangaga xos badiiy elementlar saqlangan.

Har bir nusxa maxsus qo‘l mehnati bilan yaratilgan kumush tamaki qutisi bilan birga taqdim etiladi. Quti dizaynida imperatrisa Yelizaveta Petrovna hukmronligi davriga xos barokko uslubidan foydalanilgan.

Tanga tarixiy numizmatika va qimmatbaho buyumlar kolleksionerlari uchun mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:00 13.11.2026. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik