Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi ma’lumotlarida aks etgan.
Odatdagi harbiy yorliqlari o‘rniga, yollanma askarlarga ularning jihozlariga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri terisiga seriya "inventarizasiya raqamlari" beriladi. Ushbu belgi Moskvaga jang maydonida halok bo‘lganlarning jasadlarini "noma’lum" deb qoldirish, ularni "bedarak yo‘qolgan" deb yozib qo‘yish va Afrika va Osiyodagi oilalariga kompensasiya to‘lamaslik imkonini beradi.
Bu tizim nasistlar konslagerlaridagi amaliyotni eslatadi, bu yerda mahbuslarga ismlar o‘rniga raqamlar berilgan. Rossiya shu tariqa xorijiy yollanma askarlarni raqamlangan hujum bo‘linmalariga aylantirmoqda.