Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Zidan Fransiya terma jamoasidagi "moda namoyishi"ga chek qo‘ydi

Zidan Fransiya terma jamoasidagi "moda namoyishi"ga chek qo‘ydi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan milliy jamoa qarorgohida futbolchilarning matbuot oldidagi ko‘rinishi bilan bog‘liq tartibni o‘zgartirishga qaror qildi.

So‘nggi yillarda Fransiya futbolchilarining "Klerfonten" bazasiga yetib kelishi alohida axborot voqeasiga aylangan edi. O‘yinchilarning libosi, uslubi va tashqi ko‘rinishi nafaqat sport OAV, balki shou-biznes va hayot tarziga ixtisoslashgan nashrlarda ham keng muhokama qilinardi.

Futbolchilar bazada paydo bo‘lishi bilan jurnalist va fotograflar ularni uzoq vaqt davomida tasvirga olar, keyin esa terma jamoa yulduzlarining kiyinish uslubi ijtimoiy tarmoqlar va turli media platformalarda keng tarqalardi.

derbyderbyderby.it ma’lumotiga ko‘ra, Zidan endi bu amaliyotni cheklashga qaror qilgan.

Yangi tartib bo‘yicha, Fransiya terma jamoasi futbolchilarini qarorgohga yetib kelgan paytda suratga olish huquqi faqat Fransiya futbol federasiyasi tomonidan rasman akkreditasiyadan o‘tgan jurnalistlarga beriladi.

Shu tariqa, Zidan milliy jamoa atrofidagi e’tiborni tashqi ko‘rinish va shou-biznesdan ko‘ra, ko‘proq futbolga qaratishni maqsad qilgan.

Kiritildi: 10:05 21.09.2026. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!