Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin ma’lum qildi.
"Rossiya va Belarus qurolli kuchlari hamda xavfsizlik organlari o‘rtasidagi hamkorlik usullari doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Biz ittifoqdosh davlatning xavfsizligini ta’minlash uchun barcha vositalarni, jumladan yadroviy vositalarni ishga solishga doimiy shay holatidamiz", — dedi Galuzin.
U, shuningdek, NATO kuchlari Rossiya va Belarus chegaralari yaqinida namoyishkorona va provokasion tarzda kuchaytirilayotganini bildirdi.
Ekspertlarning fikricha, blokning yevropalik a’zolari shu yo‘l bilan Rossiyaning e’tiborini Ukrainadan chalg‘itishga va Belorussiyadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinmoqda. Belarus hududida Rossiya Federasiyasining yadroviy qurollari mavjudligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojaro ehtimolini pasaytiradi.