Rossiya O‘zbekistonda ikki yangi atom elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda rus nashrlari xabar berdi, ammo O‘zbekiston rasmiylari hozircha bu masalaga munosabat bildirishmagan.
AESlardan biri 2 GVt quvvatga ega katta, ikkinchisi 110 MVt quvvatli kichik AES bo‘ladi.
O‘zbekistondagi kichik AES uchun birinchi beton 2026 yilda quyilishi rejalashtirilgan, qurilish esa 2029-2033 yillar davomida bosqichma-bosqich yakunlanishi kutilyapti.
Avvalroq, “O‘zatom” direktori Azim Axmedxo‘jayev elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirish uchun O‘zbekistonga katta quvvatli to‘rtta AES zarurligini ta’kidlagan edi. Uning fikricha, mamlakatdagi energiya ehtiyojini qoplash uchun katta AES qurish muhim.