Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya–O‘zbekiston: muhandislik sohasida yangi hamkorlik boshlandi

Rossiya–O‘zbekiston: muhandislik sohasida yangi hamkorlik boshlandi

«O‘zmetkombinat» AJ va Rossiyaning Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti (PNIPU) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovasiyalar sohasida uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishni maqsad qiladi.

Dastur doirasida 500 ta maxsus grant ajratilib, korxona xodimlari masofaviy tarzda bakalavriat, magistratura va doktoranturada o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. A’lo o‘qiganlarga PNIPU tomonidan stipendiya berilishi belgilangan.

Tadbirdan keyin delegasiya korxonaning texnologiya jarayonlari va muhandislik markazi bilan tanishdi. Tomonlar kadrlar tayyorlash va qo‘shma innovasion loyihalar bo‘yicha istiqbollarni muhokama qildi.

Kiritildi: 21:40 20.11.2025. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!