Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya Ukrainadagi urushda qariyb yarim million askaridan ayrildi

Rossiya Ukrainadagi urushda qariyb yarim million askaridan ayrildi

Bu haqda Buyuk Britaniyaning kiberrazvedka agentligi direktori Enn Kist-Batler ilk ommaviy nutqida ma’lum qildi.

"Putin jang maydonida ortga chekinmoqda, buning ustiga yangi razvedka ma’lumotlari urush boshlanganidan buyon yarim millionga yaqin rossiyalik askar halok bo‘lganini ko‘rsatmoqda", —dedi Enn Kist‑Batler.

U o‘z nutqida Buyuk Britaniya oldida turgan xavf-xatarlar va ularga qarshi kurashish choralarini ham bayon qildi. Razvedka rahbarining ogohlantirishicha, hozirda Buyuk Britaniya “jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan palla”da turibdi, chunki Rossiya butun mamlakat bo‘ylab muhim infratuzilmalarni “tinimsiz ravishda nishonga olmoqda”.

Shu bilan birga, u Kremlni Britaniya hududida bir qator josuslik fitnalarini uyushtirishda, qirollikka va boshqa NATO davlatlariga qarshi ”gibrid urush” olib borishda aybladi.

Avvalroq g‘arblik tahlilchilar halok bo‘lgan rossiyalik askar va ofiserlar sonini 325 ming kishi atrofida baholagan edi. Xususan, 2026 yilning yanvar holatiga ko‘ra bo‘lgan bunday hisob-kitoblarni Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) keltirib o‘tgan. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainadagi umumiy yo‘qotishlari (yaradorlar va bedarak yo‘qolganlarni qo‘shganda) 1,198 million kishiga yetgan.

CSIS tahlilchilari ushbu raqamlarni “misli ko‘rilmagan” deb atab, Ikkinchi jahon urushidan keyin birorta ham yetakchi davlat bunday katta yo‘qotishlarga uchramaganini ta’kidlagan. “Mediazona” va BBC tomonidan yuritilayotgan halok bo‘lganlarning ro‘yxatida hozirgacha kamida 221 206 nafar rossiyalik qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 18:08. O'qildi: 165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!