Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya tunda Ukraina hududiga 450 dan ortiq dron va 30 dan ortiq raketa uchirdi — Volodimir Zelenskiy

Rossiya tunda Ukraina hududiga 450 dan ortiq dron va 30 dan ortiq raketa uchirdi — Volodimir Zelenskiy

Ukraina prezidentining ma’lum qilishicha, butun mamlakat bo‘ylab hujumlar oqibatida 20 dan ortiq kishi jarohat olgan, Zaporojeda bir bola halok bo‘lgan.

"Kiyevda ta’mirlash brigadalari elektr va suv ta’minotini tiklamoqda. Kiyev, Donesk, Chernigov, Cherkassi, Xarkov, Sumi, Poltava, Odessa va Dnepropetrovsk viloyatlarida elektr ta’minoti uzilgan. Hujumlar Zaporoje, Kirovograd va Xerson viloyatlariga ham qaratilgan.

"Aynan fuqarolik va energetika infratuzilmasi Rossiya zarbalari uchun asosiy nishon hisoblanadi, ayniqsa isitish mavsumi arafasida. Biz birgalikda bu terrorning oldini olamiz. Quruq gaplar emas, balki qat’iy choralar kerak. AQSh va Yevropa Ukrainaga havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berishi va Rossiyaga sanksiyalarni amalga oshirishi zarur", — dedi Ukraina rahbari.

Kiritildi: 13:26 10.10.2025. O'qildi: 749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!