Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Men Rossiyaga "Islom davlati" a’zosining topshirig‘i bilan keldim"

"Men Rossiyaga "Islom davlati" a’zosining topshirig‘i bilan keldim"

Moskvada yuqori martabali zobitga qarshi hujum tayyorlagan shaxs tergov vaqtida shunday dedi. So‘ng u mazkur hujum ortida Ukraina turganini ma’lum qilgan.

Tergov davomida u, shuningdek, terakt uchun kerakli xomashyo va komponentlar dron orqali yetkazilganini aytgan.

Ikkinchi qo‘lga olingan shaxsning aytishicha, u bu "ish"ni Telegram orqali Ukraina razvedkasi bilan aloqador call-markaz orqali olgan.

Qayd etilishicha, bu ishga aloqador jami uch nafar rossiyalik va bir nafar Markaziy Osiyo fuqarosi qo‘lga olingan.

Hozirda ularga nisbatan terakt uyushtirish hamda portlovchi moddalarni noqonuniy olish, olib o‘tish va saqlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, “Islom davlati” Rossiyada taqiqlangan terrorchilik guruhidir.

Kiritildi: 23:25 13.10.2025. O'qildi: 1606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!