Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQShning Ukraina uchun qurol sotib olishiga yana bir davlat qo‘shildi

AQShning Ukraina uchun qurol sotib olishiga yana bir davlat qo‘shildi

Finlyandiya Ukraina qurolli kuchlariga yetkazib berish uchun AQShdan qurol sotib olish tashabbusiga qo‘shiladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Antti Hakkanen ma’lum qildi. Uning so‘zlari NATOning rasmiy saytida e’lon qilindi.

«Biz bilganimizdek, bu qurollar Ukraina mudofaasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va har bir Yevropa davlati ushbu qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etishi lozim», — dedi Hakkanen.

Mudofaa vaziri so‘zlariga ko‘ra, Finlyandiya Ukrainaga doim katta yordam ko‘rsatib kelgan, ammo hozir xaridlarda «barcha davlatlar qandaydir tarzda ishtirok etishi shart»ligini namoyish etishni maqsad qilgan.

Kiritildi: 15:11 15.10.2025. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!