Taqdim etilgan hujjatga ko‘ra, 2015 yil 15 dekabrda Gennadiy Leonidovich Truxanov nomiga Rossiyaning xorijga chiqish pasporti berilgan, pasportning amal qilish muddati 2025 yil dekabriga qadar etib belgilangan.
Ukraina Xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, Moskva viloyati sudi Gennadiy Truxanovning so‘roviga binoan 2017 yilda uning Rossiya ichki pasportini bekor qilgan, ammo bu “qonuniy asosda olingan fuqarolikdan mahrum etilishga olib kelmasligi” qayd etilgan. Bundan tashqari, Ukraina maxsus xizmati materiallaridan ma’lum bo‘lishicha, Truxanov hali ham Rossiya soliq xizmati ma’lumotlar bazasida identifikasiya kodiga ega.
Fuqarolikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgandan so‘ng, Truxanov Odessa meri lavozimini tark etishi kerak. Truxanov o‘z murojaatida Odessa shahar kengashi uni vakolatlaridan mahrum qilmaguncha o‘z vazifalarini bajarishini aytdi.
Shuningdek, u Ukraina Oliy sudida fuqarolikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qarorga e’tiroz bildirishga va’da berdi. "Agar bu yetarli bo‘lmasa, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilaman", – deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.