Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qirg‘iziston ham poytaxtini ko‘chirmoqchi

Qirg‘iziston ham poytaxtini ko‘chirmoqchi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Manas shahri kelajakda mamlakat poytaxtiga aylanishi mumkinligini istisno etmadi.

Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yilda Manasga respublika ahamiyatidagi uchinchi shahar maqomi berilishi rejalashtirilgan. U Jalolobod nomining o‘zgarishini strategik jihatdan to‘g‘ri qaror deb atab, Manasning mamlakat rivojlanishidagi roli ortib borayotganini ta’kidladi.

“Ba’zilar Manas poytaxt bo‘ladi, deyishmoqda. Agar bunga loyiq bo‘lsak — nega yo‘q? Ammo buning uchun shahar ham, xalq ham tayyor bo‘lishi zarur. Poytaxt bo‘lish — katta mas’uliyat, moliyaviy, infratuzilmaviy va ruhiy tayyorgarlik talab etadi”, — dedi Tashiyev.

Hozirda Manasda qurilish ishlari faol olib borilmoqda, uni zamonaviy markazga aylantirish ustida ish ketmoqda. Jalolobod shahri nomi 17 sentyabr kuni rasman Manas deb o‘zgartirilgan.

Kiritildi: 23:45 12.10.2025. O'qildi: 1774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!