Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskvada turkiyalik hamkasbi Xoqon Fidan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi muloqot davom etadi, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar yaxshi sur’atlarda rivojlanmoqda", — dedi Lavrov uchrshuv yakunidagi matbuot anjumanida.
Rossiya Tashqi ishlar vazirining boshqa bayonotlari:
◾️ Prezident Vladimir Putin Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan uchrashuvda qiyinchiliklarga qaramasdan Moskva qo‘shma loyihalarni ilgari surish niyatida ekanini bildirdi;
◾️ Rossiya so‘nggi uch yilda Qora dengizda kemalar harakati bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlar bajarilishini qo‘llab-quvvatlaydi;
◾️ Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarining muvaffaqiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroning sabablarini bartaraf etish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi;
◾️ Rossiya Qo‘shma Shtatlarning Suriyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilganini olqishlaydi;
◾️ AQSh prezidentining Ukrainadagi vaziyatga oid keskin bayonoti yevropalik ayrim siyosatchilarning Trampning mojaroni hal etish bo‘yicha harakatlariga halaqit berayotgani bilan bog‘liq;
◾️ Ukraina Rossiya fuqarolik infratuzilmasiga hujumlarni davom ettirayotgan sharoitda javob zarbalari berilishi tabiiy hol;
◾️ Fransiya tashqi ishlar vaziri Ukrainada fransuz harbiylari yo‘qligi haqidagi bayonotida rost gapirmadi, Parij Ukraina hududi orqali urush olib bormoqda;
◾️ Germaniya Ukrainaga Rossiya hududiga uzoq masofali qurollar bilan zarbalar berishga ruxsat berish to‘g‘risida oldindan yashirin qaror qabul qilganligi borasida asosli gumonlar mavjud;
◾️ Rossiya va AQSh harbiy asirlar almashinuvi bo‘yicha tafsilotlarni muvofiqlashtirmoqda.