"Rossiya armiyasi 7 dekabr kuni Pechenej suv ombori dambasiga raketa zarbasi berdi. Hujumdan so‘ng to‘g‘on ustidan o‘tuvchi yo‘l harakat uchun yopilgan", — deb xabar qildi Xarkov viloyati Pechenej qishloq harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Gusarov.
Ukraina Qurolli kuchlari ushbu to‘g‘onning jiddiy shikastlanishi ehtimoliga oldindan tayyor bo‘lganini ma’lum qildi va damba orqali harakat imkoniyati yo‘qolishi jang harakatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidladi.
Pechenej suv ombori 1962 yilda Xarkovni suv bilan ta’minlash uchun barpo etilgan. 2022 yilda ham ushbu dambaga Rossiya tomonidan raketa zarbalari berilgan edi.