Shanba kuni Koauayana (Michoakan, Meksika) munisipalitetidagi polisiya bo‘limi oldida bomba o‘rnatilgan avtomobilning portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni besh kishiga yetdi.
Bu haqda bosh prokuratura ma’lum qildi.
"Portlash natijasida vayron bo‘lgan yo‘ltanlamas avtomobil va ikki kishining jasadi bilan birga voqea joyida topildi. Shuningdek, hodisa oqibatida sakkiz kishi — polisiya xodimlari jabrlangani aytilmoqda. Ular shifoxonaga yetkazilgan, keyinroq ularning uch nafari tibbiy yordam ko‘rsatilayotganda vafot etgani tasdiqlangan", — deyiladi idora xabarida.
Idoraning qo‘shimcha qilishicha, voqeani tergov qilish uchun voqea joyiga Bosh prokuratura, shuningdek, Milliy mudofaa, dengiz floti, jamoat xavfsizligi va fuqarolarni himoya qilish vazirliklari xodimlari jo‘natilgan.
Shtat Bosh prokuraturasi hodisa holatlarini tekshirishda federal idoralar bilan hamkorlikni davom ettirishini ta’kidladi.