AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiydan Rossiya-Ukraina urushini hal qilish uchun AQSh ma’muriyati tomonidan tayyorlangan tinchlik bitimi loyihasini hali o‘qib chiqmaganidan hafsalasi pir bo‘ldi.
Bu haqda Amerika yetakchisi Jon Kennedi nomidagi sahna san’ati markazida jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Aytishim kerakki, Zelenskiy hali taklifni o‘qimaganidan xafa bo‘ldim", — dedi u. Tramp Zelenskiyning atrofidagilar AQSh hukumatining taklifidan juda mamnun ekanligini ta’kidladi.