BBC: Buyuk Britaniya poytaxtidagi Hitrou aeroportida noma’lum shaxslar odamlarga qalampirli gaz purkadi.
London polisiyasi ma’lumotiga ko‘ra, bir guruh erkaklar odamlarga qalampirli gaz purkagan. Voqea aeroportning uchinchi terminali yaqinidagi avtoturargohda sodir bo‘lgan. Buyuk Britaniyada qalampirli gaz ballonchalarini sotish va saqlash noqonuniy hisoblanadi.
"Bir kishi hujumda gumon qilinib qo‘lga olingan, qolganlari qidirilmoqda. London tez tibbiy yordam xizmati hodisa oqibatida besh nafar odam shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi", deya xabar bermoqda nashr.
BBC muxbirining ma’lum qilishicha, polisiya yo‘llarni to‘sib qo‘ygani sababli Hitrou aeroportining 2 va 3-terminali tomon transport harakati to‘liq to‘xtatilgan.