Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Rossiya dengiz orqali neft eksportini kuniga 3,83 million barrelgacha yetkazdi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, 14 iyungacha bo‘lgan vaqt ichida xom neft yetkazib berishning kunlik o‘rtacha hajmi yil boshidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga dronlar uyushtirgan hujumlarga qaramay, ko‘rsatkichlar o‘sishda davom etmoqda.
2026 yil boshidan buyon o‘rtacha ko‘rsatkich kuniga 3,49 million barrelni tashkil etdi.
"Dengizdagi Rossiya neftining umumiy hajmi 120 million barreldan sal yuqoriroq darajada barqarorlashdi, bu aprel oyidagi eng past ko‘rsatkichdan taxminan 25 foizga ko‘pdir. Ushbu hajmning deyarli hammasi reydda bekor turgan kemalarga emas, balki yo‘ldagi tankerlarga to‘g‘ri kelmoqda", — deyiladi xabarda.