Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya Hindistondan benzin olishni boshladi — Bloomberg

Rossiya Hindistondan benzin olishni boshladi — Bloomberg



​Birinchi partiya 5 avgust kuni "Rosneft" aksiyadori bo‘lgan Hindistonning Nayara Energy neftni qayta ishlash zavodidan yetkazib berildi.

​Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 18 iyun kuni "Cyclone" tankeri birinchi yetkazib berish uchun taxminan 42 ming tonna yonilg‘i ortgan.

Iyul oyida yuk Misrning Damiyetta porti yaqinida boshqa kemaga ortilib, shundan so‘ng Rossiyaga yetkazilgan.

​Yonilg‘i inqirozi fonida Rossiya Hindistondan benzin sotib olishni boshlagani haqida iyul boshida Reuters xabar bergan edi. Agentlik manbalari Rossiyaga kamida 60 ming tonna benzin yuborilganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 17:41 12.08.2026. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!