Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya G‘arb texnologiyalarini Hindiston orqali sanksiyalarni chetlab o‘tib olmoqda

Rossiya G‘arb texnologiyalarini Hindiston orqali sanksiyalarni chetlab o‘tib olmoqda



Strider Technologies ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Hindiston orqali Yevropa va boshqa G‘arb davlatlarida ishlab chiqarilgan ikki xil maqsadda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni import qilishni davom ettirmoqda. Tadqiqotchilar 2022 yildan buyon Hindiston orqali Rossiyaga yetkazilgan qariyb 50 ming nazorat ostidagi yoki sezgir mahsulotni kuzatgan.

Gap elektronika, sanoat uskunalari, aniq o‘lchov asboblari, transport butlovchi qismlari va zamonaviy elektr tizimlari haqida bormoqda.

Strider hisobotiga ko‘ra, Rossiyaga Hindiston orqali yetkazilgan G‘arb mahsulotlari eksporti keskin oshgan: Britaniya mahsulotlari — 180%, Shveysariya — 131%, Shvesiya — 455%, Fransiya — 98%ga ko‘paygan.

Kiritildi: 17:06 30.07.2026. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!