Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya Eron bilan dron yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi — Financial Times

Rossiya Eron bilan dron yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi — Financial Times

AQSh va Isroil tomonidan Eronga berilgan dastlabki zarbalardan so‘ng, Moskva yashirin tarzda Tehronga dronlar yetkazib berishni muhokama qila boshlagan, deb yozadi gazeta.

FT'ning ikki manbasiga ko‘ra, Rossiya Eronga dronlar yetkazib berishga tayyorgarlikni mart oyining boshida boshlangan va uni bir oy oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

G‘arb davlatlari xavfsizlik sohasidagi manbalardan biri hozircha Rossiya Eron uchun aynan qaysi turdagi dronlarni yetkazib berishga rozi bo‘lganiga aniqlik kiritib bo‘lmaganini aytdi. Uning taxminicha, Moskva Tehronga Eronning “Shahed-136” modeli asosida yaratilgan “Geran-2” dronlarni berishi mumkin.

Buyuk Britaniya Qirollik mudofaa tadqiqotlari institutining katta ilmiy xodimi Antonio Giustozzi esa Eron “dronlarga muhtoj emasligini, ularga yanada mukammalroq texnologiyalar kerakligini”, aytdi.

Kiritildi: Bugun 19:12. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!