Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta tahlilchilari superkompyuterni ishga tushirib, terma jamoalarning Jahon chempionatida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini hisoblab chiqishdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mundialda g‘olib chiqish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan jamoa — Ispaniya terma jamoasidir. «Qizil furiya»ning zafar quchish ehtimoli 16,12% ni tashkil etadi. Bu shunisi bilan e’tiborga loyiqki, ispaniyaliklar so‘nggi uchta Jahon chempionatida 1/8 finaldan nariga o‘ta olishmagan edi.

Ikkinchi o‘rindan Fransiya terma jamoasi joy oldi, uning turnirda g‘alaba qozonish ehtimoli — 12,98%. Keyingi o‘rinlarda Angliya (11,18%), Argentina (10,36%), Portugaliya (7%), Braziliya (6,61%), Germaniya (5,12%), Niderlandiya (3,62%), Norvegiya (3,51%) va Belgiya (2,37%) terma jamoalari qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi g‘olib chiqqan edi.

Kiritildi: 23:38 01.06.2026. O'qildi: 235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!