Ukraina g‘arblik hamkorlar ishtirokida muhim muzokara jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda, shu bilan birga, hududlarni topshirish qat’iyan istisno qilinmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari Kirill Budanov ma’lum qildi.
«Aslida bu uning (Zelenskiyning) istagi — harbiy harakatlarni imkon qadar tezroq, iloji bo‘lsa qishgacha to‘xtatish. Men esa prezident ofisi rahbari sifatida Ukraina prezidenti tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman», — deya aniqlik kiritdi Budanov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maqsad o‘z vaqtida qo‘yilgan, puxta o‘ylangan va realdir.