Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya droni Kiyevdagi Ukraina Xavfsizlik xizmati binosiga zarba berdi

Rossiya droni Kiyevdagi Ukraina Xavfsizlik xizmati binosiga zarba berdi


Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Kiyev markazidagi Vladimirskaya ko‘chasida, Ukraina xavfsizlik xizmatining (SBU) markaziy binosiga Rossiya droni kelib urilgan.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, dron UXX rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Pokladning rahbari xonasiga borib tushgan.

"Zarba berilgan vaqtda Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Poklad xonasida bo‘lmagan. Men unga Rossiyaning ushbu zarbasiga adekvat, sezilarli va imkon qadar mutanosib javob qaytarishni topshirdim", — dedi Zelenskiy.

Ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilingan suratlarga qaraganda, binoning uchinchi qavatida yong‘in chiqqan. Hujum AQSh prezidentining maxsus vakillari yaqin kunlarda ham Moskvaga, ham Kiyevga tashrif buyurishi kutilayotgani haqidagi xabarlar fonida sodir bo‘ldi.

Kiritildi: 20:35 04.09.2026. O'qildi: 1061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!