Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Britaniya mudofaa kompaniyalari rahbarlariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

Rossiya Britaniya mudofaa kompaniyalari rahbarlariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

Rossiya Ukrainaga qurol-yarog‘ va harbiy texnologiyalar yetkazib berayotgan mudofaa kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarini egallab kelayotgan Buyuk Britaniyaning yetti nafar fuqarosiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.

Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilmoqda.

Vazirlikda ta’kidlanishicha, mazkur qaror Londonning Rossiyaga qarshi siyosati va Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmini oshirishiga javoban qabul qilingan.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Rotron Aerospace kompaniyasi bosh direktori Aleks Edvard Xed, kompaniyaning bosh harbiy maslahatchisi Kev Oliver hamda direktorlar kengashi raisi Jorj Zambellas kiritilgan.

Shuningdek, cheklovlar MGI Engineering kompaniyasi bosh direktori Robert Maykl Gaskoyn, Malloy Aeronautics ijrochi direktori Nil Eplton, Tekever UK kompaniyasi direktori va hammuassisi Pol Uebb hamda BAE Systems kompaniyasining texnologiyalar va axborot bo‘limi rahbari Julian Frederik Charlz Kreknellga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Britaniya kompaniyalari Ukrainaga yetkazib berilayotgan uzoq masofaga uchuvchi raketalar, uchuvchisiz uchish apparatlari va boshqa harbiy texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishda ishtirok etmoqda.

Vazirlik, shuningdek, Britaniya rasmiylarining xatti-harakatlariga javoban sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha ishlar davom ettirilishini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 09:01. O'qildi: 340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!