Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya 8-9-may kunlari bir tomonlama sulh e’lon qildi

Rossiya 8-9-may kunlari bir tomonlama sulh e’lon qildi

Rossiya 8-9-may kunlari bir tomonlama sulh e’lon qildi va Moskvadagi paradni buzishga urinish bo‘lsa, Kiyevga zarba berish bilan tahdid qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi "Sovet xalqining Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabasini nishonlash sharafiga" deb nomlangan "sulh" e’lon qildi. Qayd etilishicha, ushbu sulh 8 va 9 may kunlari amal qiladi.

"Ukraina tomoni ham ushbu sulhga amal qiladi deb umid qilamiz", deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligining bayonotida. Vazirlik sulhni prezident Vladimir Putinning qaroriga tayanib e’lon qildi.

Shu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Yerevanda o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitidagi so‘zlariga ishora qilmoqda va buni "aynan 9 may kuni Moskvaga zarba berish tahdidi" deb talqin qilmoqda.

"Agar Kiyev rejimi G‘alabaning 81 yilligini nishonlashni buzish maqsadida o‘z jinoiy rejalarini amalga oshirishga urinsa, Rossiya Qurolli Kuchlari Kiyev markaziga javob tariqasida ommaviy raketa zarbasi beradi", deyiladi Rossiya Mudofaa vazirlik xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, Kiyev urush boshlanganidan buyon bir necha bor Rossiya tomonidan keng qamrovli raketa zarbalariga uchragan.

Kiritildi: Bugun 08:20. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!